Til birliklari, jumladan, uning leksik guruhlari ham sistema, struktura va me’yor yoki normalarining dialektik munosabati asosida yuzaga keladi. Bunda sistema el ementlarining yaxlit majmuidan, struktura esa shu majmuaning ichki tuzilishidan iborat bo‘ladi. Binobarin, til hodisalarini sistem-struktur aloqasida o‘rganish, birinchidan, sistema tashkil qiluvchi elementlar yig‘indisini belgilash va, ikkinchidan, mazkur elementlar orasidagi ichki munosabat va aloqalarni aniqlash, ularning o‘zaro pog‘onali (iyerarxik) joylashishi hamda bir elementning ikkinchi elementdan hosil bo‘lish yo‘llarini ochib berishni taqozo etadi. Buni til leksikasidagi so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratib o‘rganishda kuzatish
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash,rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Uslub tilning tarixan tarkib topgan bir ko‘rinishi bo‘lib, o‘ziga xos tarkibi,birikish xususiyati va nutq vositalarini qo‘llash qonuniyatlari bilan ajralib turadi. Adabiy til uslubi bu ma’lum darajada adabiy til matnlarida o‘zining aniq ifodasini topgan, uslubiy bo‘yoqqa ega hamda uslub jihatidan betaraf til unsurlarini ongli ravishda tanlash asosida tashkil topgan ma’lum tizimdir
Ayol – buyuk so‘z. Unda bahor musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassam. Ular borki, o‘tmish, bugun va kelajakda farovon hayotga ishonch bor. Ayol qalbidagi mehrga to‘la samimiylik hayotimiz bezagi bo‘lsa, undagi fidoyilik esa takrorlanmas bir jasoratdir. Uning mehri ila oila gullab-yashnaydi, farzandlar kamol topadi. Musaffo osmondek tiniq orzular ilinjida dunyoni olishga zehni etadigan zabardast bo‘lgan zot ayoldir. Ayol – erkakning ko‘ngil xotirjamligi, dunyoning tebratuvchi beshigidir. Ularning sha’niga qancha so‘z aytmaylik, minglab doston va satrlar bitmaylik, qarzimizni ado etolmaymiz.Chunki ayol - bu onadir.
O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.
Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar.
M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po”nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshirilur”, - degan mulohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlariga bo‘lib o‘rganiladi.
Mahmudxo‘ja behbudiy jadid mutafakkiri bo‘lib, u odamlarning ma’rifati uchun ishlagan, ularga har xil voqealar to‘g‘risida ma’lumot berish va ularni ongida yangilik qilish uchun harakat qilgan va yoshlar dinni diniy qo‘llanma sifatida saqlashlari, dunyoviy ilmlarni o‘rganishlari bilan bir qatorda dunyoviy narsalarni o‘rganishlari kerakligini ta’kidlagan.
Mahmudxo‘ja behbudiyning barcha faoliyati faqat o‘z xalqining manfaati uchun edi, u o‘z farzandlarini savodli odamlar sifatida tarbiyalash uchun kurashdi, shunda xalqi baxttli yashashi mumkin edi.
На сегодняшний день одной из самых важных проблем в стоматологии любого возраста является “одонтофобия” Специфика детского приема заключается в психоэмоциональной нестабильности пациента, что часто приводит к: вынужденному положению, обморокам, гиперактивности, шоку и психическим травмам. Поэтому по сей день стоматологи ищут универсальное седативное средство которое не только облегчит прием пациентов, но и будет абсолютно безвредным для несовершеннолетнего организма. В 21 веке таким является - Закись азота.
Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», degan ibora bor. Buni men bejizga keltirmayapman va u aynan biz o‘zbekistondagi millatdoshlarga qarata aytilgan achchiq so‘zday tuyulaveradi. Nimaga deysizmi, chunki biz dunyolarga dars bergan buyuk ajdodlarimizning mutlaq merosxo‘ribo‘la turib, ya’niki o‘zbekiston atalmish obod diyorda farovon hayot kechirib, yurt tuprog‘i sog‘inchi, tildoshlar va eldoshlar sog‘inchi nima ekanligini his qilma gan holda umrguzaronlik qilib kelmoqdamiz. Endi tasavvurga ham bir erk berib ko‘ring: qan chadan-qancha o‘zbeklar ayni paytda yer yuzining turli nuqtalaridagi boshqa mamlakatlarda muhojirlikda, boshqa tuzum, boshqacha tutumda hayot kechirib kelishmoqda. Ammo ularning aynan o‘z tiliga bo‘lgan ehtiromi bizni uyaltirib qo‘yadigan darajada butunlay o‘zgacha.